28 May 2025 yil 302

Avtomashina salonida giyohvand modda saqlagan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 15 may kuni Namangan tumani IIB HPB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “No‘g‘ayqo‘rg‘on” mahallasi hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shahobchasi oldida, Namangan tumani, “Qumqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Shga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, salon qismida sof og‘irligi 0,58 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech