28 May 2025 yil
289
Avtomashina yukxonasida “Gashish” saqlagan shaxsning harakatlari fosh etildi
Joriy yilning 15-may kuni To‘raqo‘rg‘on tumani IIB xodimlari tomonidan, Namangan shahar, “Mustaqillikning 5 yilligi” mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Sning boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganida, avtomashinaning yukxonasida sof og‘irligi 4 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati