30 May 2025 yil
855
Avtomashina yo‘lovchisining yonidan giyohvand modda aniqlandi
Joriy yilning 10-may kuni “Qoradori-2025” tezkor tadbiri davomida, viloyat IIB va Yangi Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, “Guliston” mahallasi hududida, Namangan shahar, “Yangi yo‘l” mahallasida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan, fuqaro D.S “Neksiya” rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganida, uning yonidan sof og‘irligi 0.63 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangi Namangan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati