14 Aprel 2022 yil
546
Avtohalokatga uchragan piyoda shifoxonaga yotqizildi
2022 yil 13 aprel kuni soat 10:00 larda, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Kobalt rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, yo‘l chetida ketayotgan piyoda, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ng bilak suyagi yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati