14 Iyul 2021 yil 335

Avtohalokatda voyaga yetmagan velosipedchi tan jarohati oldi.

Joriy yil 6 iyul' kuni soat 09:10 larda, Davlatobod tumani O‘rta G‘irvon MFY ichki yo‘lida ZIL-MMZ554 rusumli yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chetida harakatlanib ketayotgan
2006 yilda tug‘ilgan velosipedchini urib yuborgan.
Natijada, velosipedchi o‘ng oyoq boldir suyagining sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech