14 Dekabr 2020 yil 451

Avtohalokatda piyoda va yo‘lovchilar jarohat oldi.

Joriy yil 3 dekabr' kuni soat 21:30 larda Namangan shahar Davlatobod tumani Yuqori G‘irvon MFY hududida, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Namangan shahrida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Natijada, piyoda chap boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-modasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

27 noyabr' kuni soat 11:45 larda Go‘rmiron MFY hududida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro M-412 rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti, orqa miya lat yeyishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

2 dekabr' kuni soat 14:00 larda Pungon-Namangan yo‘lining 65 km.da Namangan tumanida yashovchi fuqaro Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Natijada, Damas avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi ko‘shma shikast, bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 11 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

3 dekabr' kuni soat 13:30 larda, Kosonsoy-To‘raqo‘rg‘on-Mingbuloq  yo‘lining 45 km.da 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 dekabr' kuni O‘z.R.JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

12 dekabr' kuni soat 17:30 larda, “Uchqo‘rg‘on-Haqqulobod” yo‘lining 13,2 km.da Uchqo‘rg‘on tumani Sharxonchek MFY Mustaqillik ko‘chasida, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Andijon viloyatida yashovchi, fuqaroga tegishli “Jentra” rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, qarshisidan harakatlanib kelayotgan, Norin tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada, Damas rusumli avtomashina haydovchisi chap qo‘l suyagining yopiq siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech