7 Avgust 2021 yil
349
Avtohalokat oqibatida piyoda shifoxonaga yotqizildi.
2021 yil 29 iyul' kuni soat 11:30 larda, Yangi Namangan tumani I.Karimov ko‘chasida, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Neksiya rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1954 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, piyoda o‘ng oyoq boldir suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati