Avtohalokat natijasida piyoda jarohat oldi.
Shu yil 2 sentyabr' kuni soat 16:30larda, Xaqqulobod-Chinobod yo‘lining 4 km.da, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro, HUNDAI PORTER rusumli avtomashinani ishonch qog‘ozi bilan boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Norin tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 2013 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.
Natijada, jabrlanuvchi qornini yopiq shikastlanishi, taloqni 2-bosqichli yorilishi, katta charvini yirtilishi, ichak tutqichlari va qorin parda soxasi gematomasi jarohat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 22 sentyabr' kuni O‘z.R JKning 266-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati