29 Yanvar 2021 yil 427

Avtobusda o‘g‘irlik sodir etildi.

2021 yil 27 yanvar' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 09:00 larda, Namangan shahar “Yangibozor” bozori hududida avtobusda harakatlanib ketayotgan vaqtida noma'lum shaxs, cho‘ntagida bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik “Samsung A21” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Namangan viloyat IIB PPXvaJTSB PPXB 3-otryad xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2012 yilda O‘z.R JKning 169-moddasi 4-qismi bilan sudlangan, 1986 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech