23 Fevral 2021 yil 397

Avtobusda o‘g‘irlik sodir etgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Joriy yil 14 fevral' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:00 larda, Namangan shahar Chorsu-Bunyodkor yo‘nalishida harakatlanuvchi avtobusda yo‘lovchi sifatida ketayotgan vaqtida noma'lum shaxs, sumkasida bo‘lgan 225.000 so‘m pulllari va 100 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech