Avtobus yo‘lovchisining cho‘ntagidan “Gashish” topildi.
11 dekabr' kuni soat 10:30 larda, Uchqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Uchqo‘rg‘on-Namangan yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan avtobusda bo‘lgan yo‘lovchi, Chortoq tumanida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaroning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, egnida bo‘lgan sport kiyimining o‘ng cho‘ntagidan selofan paketga o‘ralgan, o‘tkir hidli, jigarrang rangli modda borligi va qo‘lida bo‘lgan paket ichida SF-400 rusumli elektron tarozi borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun Uchqo‘rg‘on tumani IIBga olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 9,75 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 12 dekabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati