5 Dekabr 2022 yil 800

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi xavfsizlik boʻyicha ofitser oʻrinbosari L. Nuen bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 2-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIVda xavfsizlik boʻyicha ofitserning yangi tayinlangan oʻrinbosari – AQSHning Toshkentdagi elchixonasining xorijdagi jinoiy tergov boʻyicha tergovchisi Linda Nuen bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi va AQSHning Toshkentdagi elchixonasining xorijdagi jinoiy tergov boʻyicha boʻlimi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim yoʻnalishlarini muhokama qildilar.

Tomonlar, shuningdek, 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakillarining tajriba almashish va huquq-tartibot idoralarining noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash va migrantlarni vaqtincha saqlash markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, AQSH huquqni muhofaza qilish organlarining odam savdosi, giyohvand moddalarining noqonuniy aylanishi, terrorizm va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish sohasidagi ilgʻor tajribasini oʻrganish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar va oʻquv kurslarini tashkil etish orqali Oʻzbekiston ichki ishlar organlari xodimlarining malakasini oshirish maqsadida AQSHga tashrifi tashkil etish masalalarini ham muhokama etdilar.

IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi

Text to speech