11 Aprel 2022 yil
423
Arzon uy-joy olib berishni vaʼda qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi.
2022 yil 11 mart kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil sentyabr oyida Uychi tumanida yashovchi, 2021 yilda O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, 1980 yilda tug‘ilgan tanishi uni ishonchiga kirib, arzon uy-joy olib berishligini aytib, 400 AQSH dollari va 1.500.000 so‘m pullarini olib, unga uy-joy olib bermay, pullarini ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati