29 Yanvar 2021 yil 398

Qarovsiz qoldirilgan xonadon tunab ketildi.

2021 yil 28 yanvar' kuni, Chust tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 yanvar' kuniga o‘tar kechasi yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalgan noma'lum shaxs, yashash uyi hovlisiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonadagi sandiq ichida bo‘lgan 10.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Chust tuman IIB JQB tezkor vakillari, EKG eksperti hamda HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 28 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech