Ariqqa ag‘darilgan avtomashina haydovchisi vafot etdi.
2021 yil 24 avgust kuni soat 16:00 larda, Haqqulobod-Uchqo‘rg‘on yo‘lining 12 km.da, Uchqo‘rg‘on tumani Sharxonchek MFY hududida, Uychi tumanida yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro, Namangan shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroni nomida bo‘lgan VAZ-2106 rusumli avtomashinasini ishonch qog‘ozi bilan boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, zakan ariqqa ag‘darilib ketgan.
Natijada, haydovchi bosh miya yopiq shikasti, boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonada ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati