13 Mart 2021 yil 695

Har bahorda shu bo‘lar takror.

O‘zbek xalqida azaldan to‘yu tantanalar, shodiyona kunlarni bunyodkorlik, obodonlashtirish va albatta saxovatli amallar bilan kutib olish odat tusiga kirgan.

Shu boisdan Navro‘z ayyomi munosabati bilan Respublikamiz bo‘ylab 13-14 mart kunlari umumxalq xayriya xashari deya e'lon qilindi.

Namangan viloyati IIB, uning hududiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari tomonidan ham ayyomni munosib qarshi olish maqsadida xodimlar ishtirokidagi xashar tadbiri qizg‘in tayyorgarlik va ko‘tarinki ruh bilan boshlandi.

Dastlab qaxraton qishning zaxridan omon chiqqan yerlar yumshatilib, nixol ekishga xozirlandi. Shundan so‘ng manzarali va mevali daraxtlarning ko‘chati yaxshi niyatlar bilan yerga o‘tqazildi.

Hayriya hashari davomida xodimlar o‘zlari faoliyat olib boradigan bino atroflarini obodonlashtirib, bino ko‘rkiga to‘sqinlik qilayotgan ortiqcha o‘t o‘lanlar va daraxtlarni qurigan shoxlaridan ozod qilishdi.

Hashar doirasida IIB tomonidan nafaqat o‘z xududini obodonlashtirish balki ehtiyojmand, kam ta'minlangan oilalarning ham holidan xabar olib, ularning xonadonlarida qurilish va ta'mirlash ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech