“Android” o‘g‘risi qo‘lga olindi.
Joriy yilning 26 iyun kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1964 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 24 iyun' kuni soat 15:00 larda “Shavkat” ismli shaxs, Uychi tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish oshxonasidagi stol ustida bo‘lgan narxi 2.600.000 so‘mlik “Redmi Not-6” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat bo‘yicha olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Uychi tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 26 iyun' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati