Andijonlik fuqaroning o‘g‘irlangan telefoni Namangan IIB va MG xodimlari tomonidan topib berildi.
Joriy yil 31 may kuni, Andijon viloyati Shaxrixon tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 19:50larda, Namangan shahridagi
“Z.M.Bobur” nomli istirohat bog‘ida yurgan vaqtida noma'lum shaxs, egnidagi shimining chap cho‘ntagidan narxi 2.500.000 so‘mlik “Redmi-8” rusumli telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Shahar IIO FMB 3-sonli IIB JQG boshlig‘i va viloyat MG 82923-sonli harbiy qism xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda va 1987 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan hamda ulardan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati