11 Iyul 2025 yil
217
Hamkorlikdagi tadbirlar davomida fuqaroning yonidan “Gashish” aniqlandi
Joriy yilning 27-iyun kuni DXX tuman bo‘limi va Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan Chortoq tumani Bog‘ mahallasi hududida, Chortoq tumani, “Tengdosh” mahallasida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan, fuqaro Y.Aning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yonida sof og‘irligi 2,0 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Naganman viloyati IIB Axborot xizmati