29 Mart 2022 yil 294

Hamkorlikdagi tadbirda o‘g‘irlangan avtomashina topildi.

Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan fuqaro IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 mart kuni soat 22:40 dan 28 mart kuni soat 07:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs darvozaxonasida bo‘lgan Neksiya-2 rusumli avtomashinasini olib ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat hududida “To‘sib ushlash” maxsus rejasi harakatga keltirilgan.

Ushbu avtomashina YHXB inspektori va Kosonsoy tumani IIB HPMB profilaktika inpektori tomonidan Kosonsoy tumani Obod MFY hududida to‘xtatilgan vaqtida noma'lum shaxs ulardan qochib, avtomashinani Guliston MFY hududiga tashlab, voqea joyidan yashiringan.

Namangan viloyati IIB EKB tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida, avtomashinani oldi chap tomon eshigi tashqi tomonidan olingan 1 dona qo‘l barmoq izlari viloyat IIB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu qo‘l barmoq izi, Namangan shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan shaxsning o‘ng qo‘l ko‘rsatgich barmog‘iga mos kelganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 267-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech