Aldangan fuqaro IIBga murojaat qildi
2021 yil 5 iyun' kuni, Chust shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil oktyabr' oyida, Namangan tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan va Namangan tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqarolar uni ishonchiga kirib, 2 ta Damas rusumli avtomashinalarini pulini xar oy bo‘lib to‘lash sharti bilan 10 oyda berishlarini aytib, aldab, avtomashinalarini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborganliklarini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, fuqarolar 2020 yil sentyabr' oyida, Namangan tumanida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaroni ishonchiga kirib, Damas rusumli avtomashinasini o‘rniga 2020 yilda ishlab chiqarilgan yangi Damas rusumli avtomashina olib berishlarini aytib, aldab, avtomashinasini olib ketib, boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 4 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati