21 Aprel 2022 yil
497
Aldangan ayollar IIBga murojaat qildi.
2022 yil 11 aprel kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1988 yil va 2001 yilda tug‘ilgan ayollar ariza bilan murojaat qilishib, shu yil 8 fevral kuni Namangan shahar Yangi Namangan tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol ularni aldab, BAAning Dubay shahridagi kafeda ish borligi, oyiga 1.200 AQSH dollaridan oylik berishini aytib, o‘zi ularni Dubay shahrida kutib olib, “Sveta” va “Nozima” ismli ayollarga topshirib, o‘zlarini erkiga xilof ravishda fohishalik qilishga majbur qilganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 19 aprel kuni O‘z.R JKning 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati