28 Aprel 2023 yil
641
Qalbaki pulni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs jinoyat ustida qo‘lga olindi.
2023 yil 25 aprel kuni viloyat DXX, IIB JQB, shahar IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar Davlatobod tumani Davlatobod MFYda joylashgan ko‘p qavatli uy oldida shu tumanda yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro qalbaki chet el valyutasini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, tadbir ishtirokchisiga 39 dona 100 AQSH dollari kupyuralaridagi jami 3.900 AQSH dollari qalbaki pullarni 1.000 AQSH dollariga almashtirayotgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati