Haydovchi ortiqcha yuk evaziga inspektorga pora taklif qildi.
2021 yil 28 may kuni, Namangan viloyat IIB YHXB YPX 1-safarbarlik guruhi inspektori, Namangan viloyati IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu kuni soat 03.00 larda, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida joylashgan tarozida xizmat olib borayotgan vaqtida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Chakman rusumli yuk avtomashinasiga belgilangan me'yoridan ortiqcha yuk ortganligi sababli unga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan vaqtida, xaydovchi avtomashinasini ortiqcha yuk bilan o‘tkazib yuborishlik evaziga 500.000 so‘m pul berishni aytib, unga pora taklif qilayotganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Namangan viloyat IIB YHXB YPX 1-safarbarlik guruhi inspektorining bildirgisiga asosan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi va Pop tumani prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, xaydovchi Qo‘shminor MFY hududidagi savdo do‘koni oldida Namangan viloyat IIB YHXB YPX 1-safarbarlik guruhi inspektoriga 395.000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Ushbu holat bo‘yicha IJQKD tuman bo‘limi tomonidan 2021 yil 23 iyul' kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati