Haydovchi omonatga xiyonat qildi.
2023 yil 18 aprel kuni Uychi tumani «Yorkatay» MFYda yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 10 aprel kuni Namangan shahar “Chorsu” MFY Ko‘zagarlik ko‘chasida o‘ziga notanish bo‘lgan taksiga 550.000 so‘m pullarni berib, “Do‘stlik” MFYda joylashgan “Malika” nomli oshxonaga olib borib berishini aytganligini, lekin notanish haydovchi pullarni olib bormaganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan. Viloyat IIB JXX JTSB PPXB 4-otryad safdor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlanib, tegishli ko‘rgazmalar olingan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati