10 Iyul 2021 yil 661

Aholi va yoshlarni OITSdan saqlash tadbirlari o‘tkazilmoqda

2021 yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili munosabati bilan Mamlakatmizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Namangan viloyati IIB tomonidan ham “Sog‘lom hayot” maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbir doirasida yoshlarning jismoniy va ma'naviy faolliklarini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, keng aholi vakillari ayniqsa yoshlarning ortirilgan immunitet tanqisligi sindromi infeksiyasini tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha bilimlarini oshirish va mazkur kasallikning oldini olish borasidagi profilaktik tadbirlarni izchillik bilan tashkil etish asosiy maqsad qilib olingan.

Ikki bosqichda tashkil etilishi rejalatirib olingan maxsus profilaktik tadbirlarning birinchi bosqichi 1 iyuldan 15 iyulgacha davom etishi belgilangan. Shu maqsadda Namangan shahar IIO FMB va barcha tuman IIB boshliqlari avvalo tizim xodimlarini to‘plab, ularga tadbir moxiyatini tushuntirishmoqda. Aholi va yoshlar o‘rtasida ogohlantiruvchi tadbirlar, mavzu bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazish, nojo‘ya holatlar aniqlanganda ularga qonuniy chora ko‘rish zarurligi aytildi.

Xodimlarga joylarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi kichik xajmdagi targ‘ibot materiallarini tarqatish OIV va OITS kasalligining og‘ir oqibatlari xududlar bo‘ylab pedagoglar, shifokorlar, diniy idora vakillari, xokimlik xodimlaridan iborat hamkorlikdagi “Tashviqot” guruxlari yordamida aholiga tezkor yetkazilish bo‘yicha topshiriqlar belgilab berildi.

Shuningdek, “Xavfli gurux”ga mansub bo‘lgan shaxslarning xayot tarzi o‘rganilib ular bilan suhbatlar o‘tkazish, aholini karantin qoidalariga qat'iy amal qilishlariga chorlash va barcha ijtimoiy obektlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish tayinlandi. Profilaktik tadbirlar hamda uning natijalari bilan navbatdagi lavxalarimiz orqali batafsil ma'lumot beramiz.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech