17 Iyul 2021 yil
521
Ag‘darilib ketgan "Damas"ning yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Joriy yil 24 iyun' kuni soat 17:00 larda, Davlatobod tumani I.Karimov ko‘chasida, Namangan tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi ishlaydigan MChJga tegishli bo‘lgan Damas rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay ag‘darilib ketgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan hamkasbi, Namangan shahrida yashovchi, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro bosh miya chayqalishi, chap yelka sohasi siljib sinishi tashhisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 16 iyul' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati