9 Aprel 2021 yil
391
Ag‘darilib ketgan avtomashinaning yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.
Joriy yil 8 aprel' kuni soat 14:55 larda, Namangan-Chortoq yo‘lining 36 km.da Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan 21 yoshli yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Avtomashina haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchilar esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati