7 Fevral 2022 yil 648

Ag‘darilgan avtomashina yo‘lovchisi vafot etdi

2022 yil 4 fevral kuni soat 05:00 larda, To‘raqo‘rg‘on tumani Shoxidon MFY hududida, Neksiya-3 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan.

Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan haydovchini birga yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan o‘g‘li olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan hamda, avtomashina haydovchi bosh miya ochiq shikasti, bosh miya to‘qimalari ezilishi, miyaga qon quyilishi, chap yelka suyagini yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 4 fevral kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech