30 Dekabr 2021 yil 544

Ag‘darilgan avtomashina haydovchisi shifoxonada vafot etdi

2021 yil 19 dekabr' kuni soat 03:10 larda, Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on  yo‘lining 31 km.da, Yangier MFY hududida, Uychi tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Spark rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroni yo‘l varaqasi bilan boshqaruvida bo‘lgan Neksiya rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ketib, ag‘darilib ketgan.

Natijada, Spark rusumli avtomashina haydovchisi bosh miya chayqalishi, o‘ng oyoq son suyagini sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajadarga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 23 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech