11 Aprel 2025 yil 1216

Namangan viloyatida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 mart kungi "Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi PF-62-son farmoniga asosan Respublika bo‘yicha jami 488 nafar shaxslar afv etildi.

Ushbu farmon ijroga qaratilganligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining hududlarlarda sayyor qabullari va uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Navbatdagi uchrashuv Namangan shahrida tashkil etilib, viloyat IIB rahbariyati, viloyat hokimligi va boshqa sohaga daxldor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi va viloyatimiz bo‘yicha afv etilgan jami 26 nafar shaxslarning barchasi bilan ularning bandligini taʼminlash, sog‘liqlarini tiklash va boshqa masalalar bo‘yicha yakka tartibda suhbatlashildi. Shu bilan birga, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, ularga jamiyatga moslashishda, munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishda berilayotgan imkoniyatlar haqida ma‘lumot berildi.

Uchrashuv davomida aniqlangan muammolarning aksariyati o‘rnida bartaraf etilib, muddat talab etadigan murojaatlarga masʼullar biriktirildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyun kungi PQ-299-son qarori bo‘yicha "meʼmorchilik, kulolchilik va hunarmandchilik yo‘nalishlarida" dastlabki ijtimoiy – moddiy yordam paketi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech