Ayol va erkak qarovsiz qoldirilgan xonadonga o‘g‘irlikka tushdi.
2021 yil 25 avgust kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil 21 avgust kuniga o‘tar kechasi yashash uyida xech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, hovlisiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonada bo‘lgan narxi 2.400.000 so‘mlik “Shivaki” rusumli televizorini, narxi 140.000 so‘mlik 1 dona qo‘l soatini hamda 3.000.000 so‘mlik xar-xil turdagi ayollar materiallarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Uychi tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro va shu tumanda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 sentbyar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati