Ayol millat davomchisi.
Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va roli kengaytirilib, ular turli jabhalarda o‘z iqtidor va salohiyatlarini sinab kelmoqdalar. Istaymizmi, yo‘qmi o‘z o‘rniga ega ayollar bilan bir qatorda tazyiq va zo‘ravonliklarga duchor bo‘layotgan, oxiri berk ko‘chalarga kirib qolgan, diniy bilimi yetarli bo‘lmasligi natijasida turli ekstremistik guruhlar domiga tushib qolayotganlar, shuningdek oilasi ajrim yoqasiga kelib qolgan xotin-qizlar ham yo‘q emas.
Shu boisdan Namangan shahri hududida istiqomat qiluvchi ayollarning muammo va murojaatlarini o‘rganish, ular bilan bog‘liq huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi holatlarni oldini olish, erta turmushning salbiy oqibatlari, diniy aqidaparastlik mohiyatlari haqida to‘laqonli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, shahar IIO FMB HPB XQMB katta inspektori, mahalla maslahatchilari va boshqa aloqador idora vakillari tomonidan "Baynalminal", "Shodlik", "Obihayot" MFY ayollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda ayollarning mavjud muammolari tinglanib, bu borada kerakli tavsiya va amaliy ko‘maklar berildi. Shuningdek, oila farzand tarbiyasiga bo‘lgan mas’uliyatni oshirish haqida alohida so‘z yuritilib, onalarning huquqiy, ma’naviy savodxonligi yuqori bo‘lishi bolaning tarbiyasi va kelajakda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida bosh omil bo‘lishi tushuntirildi.
Joylarda ayollarning muammolarini hal etish, huquqiy ko‘mak berish va bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy barcha hududlarda davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB axborot xizmati