6 Yanvar 2024 yil 3060

Shahar osoyishtaligini taʼminlash yo‘lidagi "Xavfsiz tun" profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Namangan shahar hududida osoyishtalik va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida "Xavfsiz tun" profilaktik tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bu galgi tadbirlar oldidan ham xizmatga jalb etilgan xodimlarga viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazildi. Unda faoliyat davomida amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifalar taqsimlanib, har bir xodim ish jarayonida vakolat doirasidan chetga chiqmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, qonun ustuvorligini taʼminlash yo‘lida masʼuliyatni yana-da oshirgan holda xizmat olib borish lozimligi talab etildi.

Profilaktika, YPX va PPX inspektorlariga yo‘llarda, jamoat joylarida, gavjum maskanlar va ko‘p qavatli uylar atrofida hushyor holda ish tashkil etish ko‘ngilsiz hodisalar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yo‘riqnomalar berilib, reydga jalb etilgan barcha xodimlar xizmatga kuzatildi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech