30 May 2025 yil
578
Yashash uyining tomorqasida “Ko‘knor” o‘simligini parvarishlayotgan shaxsga chora ko‘rildi
Joriy yilning 18-may kuni “Qoradori-2025” tezkor tadbiri davomida, Namangan tumani IIB xodimlari tomonidan, Namangan tumani, “Qo‘qonqishloq” mahallasida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan, fuqaro U.Mning yashash hovlisi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 7 tup “Ko‘knor” o‘simliklarini parvarishlab kelayotganligini aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati