11 Iyun 2025 yil
1073
Yashash uyining tom qismida “Marixuana” moddasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Shu yilning 30-aprel kuni Chust tumani IIB xodimlari tomonidan, Chust tumani, “Ko‘ktosh” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Dning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyining tom qismidan sof og‘irligi 23,17 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi hamda 104,61 gramm bo‘lgan Kannabis (nasha) o‘simligini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati