24 Iyun 2025 yil
124
Yashash uyida psixotrop modda saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 24-may kuni Chust tuman IIB xodimlari tomonidan, Chust tumani, “Laylak-uya” mahallasida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan, fuqaro A.Sning “Chust Gulzori” mahallasida joylashgan yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyidan o‘tkir xidli sof og‘irligi 0,89 gramm bo‘lgan, álfa-pirrolidinovalerofenón (a-PVP) moddasi mavjud bo‘lgan kukunsimon psixotrop modda saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati