31 Oktyabr 2025 yil
125
Yashash uyida giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 25-sentyabr kuni o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbir davomida, Pop tumani “Chodakboshi” mahallasida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan B.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uyida sellofan paketga o‘ralgan og‘irligi 1.98 gramm “Ko‘knor somoni” va og‘irligi 1,13 gramm “Gashish” giyohvandlik modda borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati