28 May 2025 yil
308
Yashash uyida giyohvand modda saqlab kelayotgan shaxsga chora ko‘rildi
Joriy yilning 18-may kuni Namangan shahar IIB xodimlari tomonidan, Namangan shahar, “Obod” mahallasida yashovchi, 1964-yilda tug‘ilgan, fuqaro Yu.Ining yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, yotoqxonasidan sof og‘irligi 0,48 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati