21 Iyul 2025 yil
                            
                                650                            
                    Yashash uyida giyohvand modda saqlagan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 28-iyun kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, To‘raqo‘rg‘on tumani IIB va viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida To‘raqo‘rg‘on tumani, “Isvaxon” mahallasida yashovchi, 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Y.A o‘zining yashash xonadonining yotoqxonasida sof og‘irligi 20,74 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati