7 Iyun 2025 yil 162

Yashash uyida giyohvand modda saqlayotgan fuqaroga qonuniy chora ko‘rildi

Joriy yilning 22-may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbir davomida, viloyat IIB xodimlari tomonidan, Namangan shahar, “Obod” mahallasida yashovchi, 1978-yilda tug‘ilgan, fuqaro S.Mning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yotoqxonasi derazasida sellofan paketda 1,73 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech