30 May 2025 yil 592

Yashash uyida giyohvand modda saqlayotgan shaxsning qilmishlari fosh etildi

Joriy yilning 19-may kuni “Qoradori-2025” tezkor profilaktik tadbiri davomida, Pop tumani IIB xodimlari tomonidan, Pop tumani, “Ozod” mahallasida yashovchi, 1958-yilda tug‘ilgan, fuqaro Yu.Ining yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, xonadon omborxonasida sof og‘irligi 51,83 gramm “Marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech