4 Avgust 2025 yil 245

Yashash xonadonida kannabis saqlayotgan shaxsga chora ko‘rildi

Joriy yilning 18-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida DXX tuman bo‘limi va tuman IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, Yangiqo‘rg‘on tumani “Namuna” mahallasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan M.Ani yashash xonadonida qog‘ozga o‘ralgan 3,72 gramm “Kannabis” o‘simligini saqlayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech