31 Oktyabr 2025 yil
126
Yashash xonadonida “Kannabis” parvarishlayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 4-oktyabr kuni Chust tuman IIB xodimlari tomonidan, tumanning “Laylak uya” mahallasida yashovchi, 1988-yilda tug‘ilgan U.X.ni yashash hovlisi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida 8 tup “Kannabis” o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati