25 Sentyabr 2025 yil 103

Yashash xonadonida giyohvandlik moddalari saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 23-sentyabr kuni Pop tuman "Navro'z" mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida sof og'irligi 2,3 gramm bo‘lgan "Marixuana" va 5,9 gramm "Gashish" giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech