17 Noyabr 2025 yil
112
Yashash xonadonida giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 23-oktyabr kuni, Yangiqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari tomonidan, Yangiqo‘rg‘on tumani “Obod” mahallasida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan O.A.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida uyida sof og‘irligi 22.89 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati