24 Aprel 2025 yil 86

Yashash xonadonida “Cannabis” o‘simligini yetishtirgan shaxs aniqlandi

Joriy yilning 18-aprel kuni viloyat hududi bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari davomida, Chust tuman IIb tomonidan “Buloqboshi” mahallasida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan, X.X o‘zining yashash uyining og‘ilxonasini tom qismida 13 tup “Cannabis” o‘simligini parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech