Yosh avlodni “Ajal og‘usi”dan asraylik!
Namangan viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV va OITS kasalligi, shuningdek giyohvandlik illatlarini tarqalishini oldini olish maqsadida joylarda turli targ‘ibot va tushuntirish ishlari davom ettirilmoqda.
Bolalar orasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish uchun joriy etilayotgan sport musobaqalari ham shular jumlasidandir.
Xodimlar ayni shuni inobatga olgan holda joylarda kattalar va bolalar bilan nafaqat targ‘ibot ishlarini, balki aql va kuchni charxlovchi bellashuvlarni xam o‘tkazib, faol ishtirokchilarni rag‘batlantirib kelishmoqda.
Sog‘lom tanda – sog‘ aql deyishadi. Vaqtini foydali mashg‘ulotlarga sarflagan kishi esa o‘z kelajagiga befarq bo‘lmaydi va turli illatlarga asir bo‘lmaydi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati