4 Iyun 2021 yil
388
“Sog‘lomlashtirish maskani”ni foxishaxonaga aylatirgan ayolga qonuniy chora ko‘rildi.
Joriy yil 17 mart kuni Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan ayol o‘zining ish joyi bo‘lgan, Namangan shahrida joylashgan, “Sog‘lomlashtirish maskani” binosida 250.000 so‘m pul evaziga Namangan shahrida yashovchi fuqaroga ushbu massajxonada ishchi bo‘lib ishlovchi Andijon viloyatida yashovchi ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lishi uchun sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik qilganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 aprel' kuni O‘z.R JKning 131-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati