29 May 2021 yil
369
“Qoradori-2021” tadbiri davomida uyida “Nasha” saqlayotgan shaxs aniqlandi.
Shu yil 19 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2021” tadbiri davomida Kosonsoy tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan shu tumanda yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi mehmonxonasidagi deraza tokchasida gul tuvakka 1 tup nasha o‘simligini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu o‘simlikning tarkibida giyohvand modda saqlovchi “Nasha” o‘simligi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati